Postgres dan zaxira nusxasi olish

Mukammal masshtable tizimda odatda DB instansiyasini alohida serverga joylashtirasiz va boshqa serverlar unga masofadan ulanadi. DB serverlar backup/restore, auto-upgrade va boshqa ko‘plab funksiyalarga ega bo‘ladi. Bu sizni DB boshqaruvi haqida kamroq o‘ylashga majbur qilib, faqat dasturingiz haqida o'ylashga undaydi.

DB instansiyasini alohida serverda saqlash sizga yana masshtabli tizim qurish imkonini beradi. Sizda bir nechta application server instansiyalari bo‘lishi mumkin (ular load balancer orqali muvozanatlanadi), va ular bitta DB instansiyasiga masofadan ulanadi (single source of truth sifatida).

Agar DB instansiyasini application server ichida saqlasangiz, uni bir nechta application serverlarga masshtablash imkoni bo‘lmaydi.

DB instansiyasini application server ichida saqlash best practice hisoblanmaydi, lekin men buni production’da qildim. Asosiy sabab — xarajatni kamaytirish. Alohida boshqariladigan DB instansiyasi biz uchun oyiga taxminan $20–$30 qo‘shimcha xarajat bo‘lardi. Shuningdek, startupni ishga tushirgan shaharda birinchi yilda optimistik hisobda maksimal 5-10 mingga yaqin oylik foydalanuvchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi yuklama uchun bitta server va undagi DB instansiyasi yetarlicha kifoya qiladi. Startup sifatida biz minimal resurs bilan maksimal natija olishni xohlaymiz.

Savol tug‘ilishi mumkin: agar application server qulab tushsa yoki buzib kirilsa nima bo‘ladi? Birinchidan, serverni maksimal darajada xavfsiz qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan best practice’larni qo‘lladim. Ikkinchidan, backup rejasi sifatida ma’lumotlar bazasini har kuni zaxiralashning o‘ziga xos usulini yaratdim.

G‘oya shundan iboratki, har kuni soat 3:00 da (O‘zbekiston vaqti bilan) server muhim ishni bajaradi :). U ma’lumotlar bazasini backup qiladi va backup faylni Google Cloud Storage’ga yuklaydi. Shu implementatsiya orqali, hatto DB o‘chib ketgan taqdirda ham ma’lumotlarni tiklashim mumkin.

Hozirgi startup miqyosimiz uchun 1 kunlik interval yetarli. Agar kerak bo‘lsa, backup intervalini xohlagancha sozlashim mumkin. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan Cloud Storage’dagi eskirgan backup fayllarni qo‘lda o‘chirib turaman.

Quyida buni Ktor’da qanday amalga oshirganim bo‘yicha kod namunalarini keltiraman. Albatta, maxfiy ma’lumotlar yashirilgan.

Quyida O‘zbekiston vaqti bilan aniq soat 3:00 da bir nechta vazifalarni ishga tushiradigan scheduleMidnightJobs funksiyasi keltirilgan:

fun Application.scheduleMidnightJobs() {
    launch(Dispatchers.IO) {
        while (true) {
            val delayMillis = millisUntilMidnight()
            delay(delayMillis)

             // .... hidden

            runCatching {
                println("🚀 Starting daily backup at ${ZonedDateTime.now(uzbekistanTimeZone)}")
                performBackupAndUpload(
                    bucketName = STORAGE_BUCKET,
                    storage = GoogleCloudStorage.googleCloudStorage
                )
                println("✅ Backup completed successfully at ${ZonedDateTime.now(uzbekistanTimeZone)}")
            }.onFailure { e ->
                println("❌ Backup failed: ${e.message}")
            }

            // .... hidden
        }
    }
}

private fun millisUntilMidnight(): Long {
    val now = ZonedDateTime.now(uzbekistanTimeZone)
    val nextRun = now.withHour(3).withMinute(0).withSecond(0).withNano(0)
        .let { if (it.isBefore(now)) it.plusDays(1) else it }

    return Duration.between(now, nextRun).toMillis()
}

Quyidagi funksiya loyiha root papkasida joylashgan backup script’ni ishga tushiradi va backup’ni Google Cloud Storage’ga yuklaydi:

suspend fun performBackupAndUpload(
    bucketName: String,
    storage: Storage
) = withContext(Dispatchers.IO) {
    val projectRoot = "{hidden}"
    val backupScript = "$projectRoot/backup/backup.sh"
    val backupDir = "$projectRoot/backup/backups"

    val backupFileName = "{db_name_hidden}_backup_${LocalDateTime.now()}.dump"
    val process = ProcessBuilder("bash", backupScript, backupFileName)
        .directory(File(projectRoot))
        .redirectErrorStream(true)
        .start()

    val output = process.inputStream.bufferedReader().readText()
    val exitCode = process.waitFor()

    if (exitCode != 0) {
        throw RuntimeException("Backup script failed (exit code $exitCode): $output")
    }
    println("Backup script output $output")

    // Get generated .gz file
    val gzFile = File("$backupDir/$backupFileName.gz")
    if (!gzFile.exists()) {
        throw RuntimeException("Backup file not found: ${gzFile.absolutePath}")
    }

    // Upload to Google Cloud Storage (private)
    val blobName = "db_backups/${gzFile.name}"
    storage.create(
        BlobInfo.newBuilder(bucketName, blobName)
            .setContentType("application/gzip")
            .build(),
        gzFile.readBytes()
    )

    // Clean up local backup
    gzFile.delete()
    println("Backup uploaded to GCS: $blobName")
}

Bu real backup script:

#!/bin/bash

# === PostgreSQL Backup Script ===
set -euo pipefail

# Database connection settings
DB_NAME="{hidden}"
DB_USER="{hidden}"
DB_HOST="{hidden}"
DB_PORT="{hidden}"
DB_PASSWORD="{hidden}" 

FILENAME="${1:-}"

BACKUP_DIR="$(pwd)/backup/backups"
mkdir -p "$BACKUP_DIR"

if [ -z "$FILENAME" ]; then
    DATE=$(date +"%Y%m%d_%H%M%S")
    FILENAME="${DB_NAME}_${DATE}.dump"
fi

BACKUP_PATH="${BACKUP_DIR}/${FILENAME}"
LOG_FILE="${BACKUP_DIR}/backup.log"

echo "[$(date)] Starting PostgreSQL backup..." | tee -a "$LOG_FILE"
echo "Backup file will be saved to: $BACKUP_PATH" | tee -a "$LOG_FILE"

PGPASSWORD="$DB_PASSWORD" pg_dump -U "$DB_USER" -h "$DB_HOST" -p "$DB_PORT" -d "$DB_NAME" -F c -f "$BACKUP_PATH"

gzip "$BACKUP_PATH"

SIZE=$(du -h "${BACKUP_PATH}.gz" | cut -f1)
echo "[$(date)] ✅ Backup successful: ${BACKUP_PATH}.gz ($SIZE)" | tee -a "$LOG_FILE"

echo "[$(date)] Backup process completed." | tee -a "$LOG_FILE"
echo "===============================================" | tee -a "$LOG_FILE"