Eski Android telefonni veb-serverga aylantirish
Kirish
Ushbu maqolaning maqsadi — eski, ishlatilmay qolgan Android telefoningizga ikkinchi hayot berish: uni kam quvvat sarflaydigan, yengil veb-serverga aylantirishni ko'rsatish.
Buning uchun bizga Termux kerak bo'ladi — bu Android qurilmalari uchun maxsus ishlab chiqilgan bepul va ochiq kodli terminal emulyatori hamda Linux muhiti ilovasi. Uni telefoningiz yoki planshetingizda to'liq ishlaydigan terminal deb tasavvur qiling.
Termux'ni o'rnatish
Termux'ni to'g'ri o'rnatish uchun uni to'g'ridan-to'g'ri GitHub'dan yuklab olishingiz kerak.
Uni Android qurilmangizga o'rnating. Sozlamalardan barcha ruxsatlarni bering va ilovaga batareya cheklovlarisiz orqa fonda ishlashga ruxsat bering.
Tabriklaymiz, endi sizda Android OS ichida to'liq ishlaydigan Linux terminali bor.
Ilova muammosiz ishlashi uchun quyidagi buyruqlarni bajarishni tavsiya qilaman:
termux-wake-lock
pkg update && pkg upgrade -y
Telefonga SSH orqali ulanish
Agar Androidga SSH orqali ulanib, buyruqlarni noutbukingiz terminalidan yozmoqchi bo'lsangiz, buni qilish mumkin. Sozlash bir necha daqiqa vaqt oladi.
Telefonda (Termux)
openssh'ni o'rnating va SSH ulanishlari uchun parol qo'ying:
pkg install openssh -y
passwd
Foydalanuvchi nomingizni aniqlang:
whoami
Android telefon va noutbuk ulangan Wi-Fi tarmog'ida telefoningizning IP manzilini tekshiring:
pkg install iproute2 -y
ip route
IP manzilingiz 192.168.22.54 ko'rinishida bo'ladi
Nihoyat, SSH serverni ishga tushiring:
sshd
Noutbukda
Endi telefonga SSH ulanishini o'rnatishingiz mumkin:
ssh SIZNING_FOYDALANUVCHI_NOMINGIZ@TELEFON_IP_MANZILI -p 8022
Telefonga SSH ulanishi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi.
Oddiy hello world Node.js ilovasi
Endi Node.js'da 1212 portga murojaat qilinganda shunchaki Hello World chiqaradigan oddiy loyiha yaratamiz.
Node.js'ni o'rnating, loyiha papkasini yarating va unga o'ting:
pkg install nodejs -y
mkdir hello-server && cd hello-server
nano server.js yordamida ilova uchun oddiy skript yarating va quyidagi kod bilan saqlang:
const http = require('http');
const PORT = 1212;
const server = http.createServer((req, res) => {
res.writeHead(200, {'Content-Type': 'text/plain'});
res.end('Hello World\n');
});
server.listen(PORT, () => {
console.log(`Server running on port ${PORT}`);
});
Serverni ishga tushiring:
node server.js
Ko'rib turganingizdek, backend loyihangizni Android telefon serverida muvaffaqiyatli ishga tushirdingiz.
Serverga domen sozlash
Xo'sh, backend lokal Wi-Fi tarmog'ida ishlayapti, lekin biror API ni global tarzda ochmoqchi bo'lsangiz, bu yetarli emas. Bu yerda tunnel ilovalari yordamga keladi. Ular lokal kompyuterlarni internetga ulashga yordam beradi. Keng tarqalgan misol — ngrok, lekin u pullik xizmat. Men ushbu maqola uchun Cloudflare'ni afzal ko'raman — u bepul xizmat. Bundan tashqari, u loak kompyuterni ma'lum bir domenga ulash imkonini ham beradi — maxsus domenlar haqida o'zingiz ko'proq o'rganishingiz mumkin, ular bu maqola doirasidan tashqarida.
Cloudflare CLI'ni o'rnating va localhost'ni ommaga ochish uchun tunnel yarating:
pkg install cloudflared -y
cloudflared tunnel --url http://localhost:1212
Bu sizga https://bonus-medicines-disco-seq.trycloudflare.com ko'rinishidagi URL beradi
Android serverni ommaga muvaffaqiyatli ochdik. Buni test qilish yoki boshqa istalgan maqsadda ishlatishingiz mumkin.
Xulosa
Faqat Termux, Node.js va Cloudflare yordamida eski Android telefoningiz endi internetga ochilgan, ishlaydigan veb-serverga aylandi. U kam quvvat sarflaydi, shovqinsiz va hech qanday xarajat talab qilmaydi. Bundan keyin yanada oldinga ketishingiz mumkin: haqiqiy API joylashtirish, Telegram bot ishga tushirish yoki maxsus domen sozlash. Chang bosib yotgan telefon uchun yomon emas-a?